Toshkent shahrida jismoniy shaxslar uchun markazlashgan ichimlik va issiq suvi bilan taʼminlangan koʻp qavatli turar joylar (kvartira/xonadon) uchun narxlar quyida keltirilgan. Narxlar 2 turga boʻlinadi, yaʼni hisoblagich oʻrnatilgandagi holat (hisoblagichga koʻra hisoblanadi) va hisoblagichsiz (kishi boshiga) har oylik toʻlov.
Sana | Hisoblagichsiz (kishi boshiga) | Hisoblagich bo’yicha (1 m.3 uchun) |
01.04.2024 dan hozirga qadar (amaldagisi) | 49 019 so’m 60 tiyin | 3 808 so’m |
01.01.2024 – 31.03.2024 | 43 647 so’m 90 tiyin | 3 400 so’m |
15.12.2023 – 31.12.2023 | 46 841 so’m 70 tiyin | 3 700 so’m |
01.02.2022 – 14.12.2023 | 17 033 so’m | 1 400 so’m |
24.01.2021 – 31.01.2022 | 16 060 so’m | 1 400 so’m |
Xususiy sektordagi barcha qulayliklarga, yaʼni suv isitish tizimi, markazlashgan issiq suv taʼminotiga ega boʻlmagan birlamchi yangi qurilgan koʻp qavatli uylar (hovli va hokazo) uchun narxlar:
Sana | Hisoblagich boʻyicha (kanalizasiyasiz) | Hisoblagich boʻyicha (kanalizasiya bilan) | Hisoblagichsiz (kishi boshiga) |
01.04.2024 dan hozirga qadar (amaldagisi) | 1 568 so’m | 2 688 so’m | 37 063 so’m 60 tiyin |
01.01.2024 – 31.03.2024 | 1 400 so’m | 2 400 so’m | 33 002 so’m 10 tiyin |
15.12.2023 – 31.12.2023 | 1 500 so’m | 2 600 so’m | 35 131 so’m 30 tiyin |
01.02.2022 – 14.12.2023 | 500 so’m | 950 so’m | 12 242 so’m |
24.01.2021 – 31.01.2022 | 500 so’m | 950 so’m | 13 606 so’m |
Qoʻshimcha izohlar:
Toshkent shahrida 14.02.20218 va 31.12.2023 vaqt oraligʻidagi ichimlik (sovuq) suv uchun narxlar maxsus qoʻshimcha qiymat bilan hisoblangan, yaʼni har 1 m.3 uchun 100 soʻm qoʻshimcha toʻlov. Ushbu oʻzgarishlar Toshkent shahri hokimining 12.01.2018 sanasidagi №69 sonli qarorida koʻrsatilgan. Yuqorida aytilgan qoʻshimcha qiymat (100 soʻm) 24.10.2023 yildagi №343 raqamli Prezident farmoniga koʻra bekor qilingan. 2024 yil 1 apreldan kommunal xizmat narxlari uchun qoʻshimcha qiymat soliq (QQS) imtiyozlari tugatilgan. QQS miqdori – 12%.
Koʻp qavatli (markazlashgan ichimlik (sovuq) va issiq suvi bilan taʼminlangan) uylar uchun hisob kitobi quyida keltirilgan. Narxlar 01.04.2024 sanadan boshlab shu formula asosida hisoblanadi:
- 1 m.3 narxi – 400 soʻm
- 1 m.3 ichimlik oqova suvi – 1000 soʻm
- 1 m.3 issiq oqova suv – 1000 soʻm
- QQS – 12%. 3400 * 12% = 408 soʻm
- 1 m.3 uchun ichimlik (sovuq) suvining narxi: 1400 + 1000 + 1000 = 3400 + 408 (12% QQS) = 3808 soʻm
2022 yilning 1 fevralidan boshlab, Toshkentda suv isteʼmoli meʼyori oʻzgarib, har bir kishiga bir kunda 350 litr boʻldi. Buning oqibatida suv hisoblagichsiz toʻlov qiladiganlar uchun suv puli miqdori oʻzgardi. Avvallari koʻp qavatli uylarda 330 litr, xususiy sektordagi uylarda (hovli) esa 389 litr meʼyor boʻlgan.
Toshkent shahrida koʻp qavatli uylarda (markazlashgan issiq suv taʼminotiga ulangan) hisoblagichsiz kvartiralar uchun sovuq suv taʼminoti toʻlov hisobining umumiy formulasi (kishi boshiga toʻlov amalga oshiriladi), 2024 yil 1 apreldan boshlab amalda boʻlgan sovuq suv narxi misolida.
2024 yil 1 apreldan boshlab, Toshkent shahridagi markazlashgan issiq suv taʼminotiga ulangan koʻp qavatli uylardagi hisoblagichsiz xonadonlar uchun ichimlik (sovuq) suvi (toʻlov har oy kishi boshiga qarab amalga oshiriladi) hisob formulasi quyida keltirilgan:
- Ichimlik suvi: (0,35 m3 kuniga x 366 kun / 12 oy) x (1400 soʻm x 1,5 (koeffisient)) yoki (0,35 x 365 ÷ 12) x (1400 x 1,5) + 12% QQS (2690.1 sum) = 25 107.6 soʻm (oylik toʻlov).
- Oqova suv, yaʼni kanalizasiya (issiq va ichimlik suvi uchun): (0,7 m3 kuniga x 366 kun / 12 oy) x 1000 soʻm yoki (0,7 x 365 ÷ 12) x 1000 +12% QQS (2562.0 sum) = 23 912.00 soʻm (oylik toʻlov).
- Natijada, hisoblagich oʻrnatilmagan holatda har bir kishi uchun oylik toʻlov miqdori: 25 107.6 + 23 912.00 = 49 019.6 soʻm
2024 yil 1 aprel sanasidan boshlab, Toshkent shahridagi oqova (kanalizasiya) tizimiga ulangan, lekin hisoblagichsiz (kishi boshiga qarab oylik toʻlov) xususiy sektor (hovli) uchun ichimlik (sovuq) suvi hisob formulasi:
- Ichimlik suvi: (0,35 m3 kuniga x 366 kun / 12 oy) x (1400 soʻm x 1,5 (koeffisient)) yoki (0,35 x 365 ÷ 12) x (1400 x 1,5) + 12% QQS (2690.1 soʻm) = 25 107.6 soʻm (oylik toʻlov).
- Oqova suvi (kanalizasiya, ichimlik (sovuq) suvi uchun): (0,35 m3 kuniga x 366 kun / 12 oy) x 1000 soʻm yoki (0,35 x 365 ÷ 12) x 1000 + 12% QQS (1281.0 soʻm)= 11 956.00 soʻm (oylik toʻlov).
- Natijada, hisoblagich oʻrnatilmagan holatda har bir kishi uchun oylik toʻlov miqdori: 25 107.6 + 11 956.00 = 37 063.60 soʻm.